
“Liverpul” yarim himoyachisiga Turkiyadan taklif bor
“Liverpul” futbolchisi Nabi Keyta klubni mavsum so‘ngida tark etishi mumkin. Yarim himoyachi mersisaydliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgani yo‘q.
Keytaning keyingi manzili Turkiya chempionati bo‘lishi mumkin. “A Spor” nashrining xabar berishicha, uning hizmatlariga “Fenerbaxche” klubi qiziqmoqda.
Keytaning ko‘p jarohat olishi jamoadagi o‘rnini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. U ushbu mavsum barcha chempionatlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi 2018 yilda “Liverpul” tarkibiga “Leyptsig”dan 60 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar