“Liverpul” yoki “Barsa”? Veynaldum bir qarorga keldi

  • 27.11.2020 21:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” etakchisi Jorjino Veynaldumning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri hamyurtini Kataloniyaga chorlamoqda.

Nihoyat, Veynaldum kelajagi borasida bir qarorga keldi. U “Liverpul” bilan  yangi shartnoma imzolamaydi va mavsum yakunlanishi bilan erkin agent maqomini oladi.

29 yoshli yarim himoyachi “Barselona” taklifini qabul qilishga tayyor. U o‘z qarori haqida “Liverpul” rahbariyatini ogohlantirdi. Endi ular futbolchi tekinga ketib qolmasligi uchun qishki transferlar vaqtida uning transferini tezlashtirib, oz bo‘lsa-da, pul ishlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!