“Liverpul”ga Rimni zabt etgan futbolchi kelmoqda

  • 4 iyun, 2020, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sekin-asta “Liverpul”ning transfer bozoriga aylanib bormoqda. Darvozabon Alisson Bekker va hujumi Muhammad Salohning muvaffaqiyatli transferlaridan so‘ng Yurgen Klopp bu Rimdan yana bir futbolchi olib kelmoqchi.

Tecno

“Liverpul” 20 yoshidayoq o‘z mahorati va iste’dodi bilan rimlik futbol muxlislarining hurmatini qozongan yarim himoyachi Nikolo Dzanoloni nishonga oldi.

“Roma” ham bu futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Rimliklar futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga intilmoqda.

Joriy mavsumda 18 ta o‘yinda to‘rtta gol urgan futbolchiga “Liverpul”dan tashqari “Yuventus”, “Inter”, “Arsenal” va “Chelsi”dan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

“Liverpul”dan “Napoli”ga super taklif

“Chelsi” “Liverpul”dan super hujumchini “tortib” oladi

Dunyoning eng qimmat futbolchisi Mbappening asl narxi qancha?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!