“Liverpul”ga oʻtmasam boʻlmaydi!

  • 31.08.2026 14:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Kristal Pэlas” hujumchisi Ismaila Sarr yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar “Liverpul”ga o‘tish talabi bilan chiqmoqda.

Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” rahbariyati “Manchester Siti”ga o‘tishga qaror qilgan Kodi Gakpoga ideal o‘rinbosar sifatida aynan Sarrni ko‘rmoqda.

Sarr “Liverpul”ga qo‘shilishni juda xohlamoqda. Biroq “Kristal Pэlas” klub bilan 2029 yilga qadar shartnomaga ega bo‘lgan 28 yoshli senegallik futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti.

Sarrning “Liverpul”ga o‘tish istagi jiddiy ekanini uning Instagram akkauntidan “Kristal Pэlas”ga aloqador barcha postlarni o‘chirib tashlagani ham ko‘rsatib turibdi.

Shuningdek, Sarr “Kristal Pэlas”ning yangi mavsumdagi Premier-liganing dastlabki ikki uchrashuvida ham ishtirok etmadi. Klub bu holatni rasmiy jarohat bilan izohlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!