“Liverpul”ning uch yulduzi “Real”ga qarshi o‘ynamaydi

  • 04.11.2025 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni sifatida Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan “Liverpul” musobaqaning umumiy bosqichi to‘rtinchi turida o‘z maydonida “Real” jamoasini qabul qiladi.

Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slotning ma’lum qilishicha, muhim uchrashuvda asosiy tarkibning uch nafar etakchi o‘yinchisi mezbonlarga yordam bera olmaydi.

Xususan, darvozabon Alisson Beker, himoyachi Jeremi Frimpong va hujumchi Aleksander Isaak o‘yinga tayyor emas.

- Alisson, Frimpong va Isaak “Real”ga qarshi o‘ynay olmaydi. Jeremi va darvozabonimiz kelasi juma kuni “Manchester Siti” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda ham ishtirok etmasligi aniq.

Aleksander Isaak masalasida vaziyat qanday echim topishini kutishga to‘g‘ri keladi. Chunki u ham jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti, - dedi Arne Slot.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!