Lo Chelso uchun Evropaning 3 ta grand klubi kurash olib bormoqda
"Betis" klubi yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso mavsumlar oralig‘ida grand klublardan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Marca nashrining xabar berishicha 23 yoshli argentinalik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Real" va "Tottenxem" jiddiy qiziqib qolgan. “Shporlar” xatto buning uchun ispan klubiga 60 mln evro to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Betis” rahbariyati Lo Chelsoni 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Lo Chelso yakunlangan mavsum “Betis” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar