"Loko"da o‘ynagan futbolchi PSJga o‘tadi
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu PSJ klubiga o‘tadi, deb xabar tarqatdi L'equipe.
Bugun 27 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan so‘ng, shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ammo portugaliyalik futbolchi ijaraga o‘tadimi yoki transfer qilinadimi, bunisi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Sport Italia jurnalisti Janluiji Longarining xabariga ko‘ra, PSJ va "Inter" klublari ushbu transfer borasida muzokara o‘tkazmagan.
Fikrlar