
"Lokomotiv" Abu-Dabiga yo‘l oldi
Futbolchilarimiz 7 may kuni Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasida "Al Vahda" mehmoni bo‘lishadi. Xabaringiz bor, Toshkentda kechgan birinchi o‘yinda "temiryo‘lchilar" bu jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etishgandi.
Endi javob uchrashuvi Abu Dabidagi "Zayed Sports City Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Jamoa safarga otlanayotgan mahal "Lokomotiv" PFK prezidenti Radjapov Mansur Kuchkarovich xalqaro aeroportga tashrif buyurib, jamoa a’zolariga omad tiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabad berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvi 7 may kuni mahalliy vaqt bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi.
Fikrlar