
"Lokomotiv" etakchilarisiz mashg‘ulotlarini boshladi
Toshkentning “Lokomotiv” klubi chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffus tufayli qisqa ta’tilga chiqqandi. Ma’lum bo‘lishicha, temiryo‘lchilar mashg‘ulotlarga qaytgan. 31 avgustdan yig‘in boshlandi.
Bosh murabbiy Mikael Sekeyra oldindan ishlab chiqqan reja asosida jamoasining mashg‘ulotlariga boshchilik qilmoqda. “Lokomotiv” Superliganing 17-tur doirasida navbatdagi o‘yinini 11 sentyabr kuni Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi. Shu sababli ushbu uchrashuvga qadar “Loko” bitta o‘rtoqlik uchrashuvini rejalashtirmoqda.
Ayni paytda jamoa tarkibi to‘liq emas. Bilasiz, “Lokomotiv”dan Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov va Javohir Siddiqov terma jamoa yig‘iniga jalb qilingan. Ammo Siddiqov jarohat olgani sababli “Loko”dan boshqa bir futbolchi – Aziz Amonov termada jamoadoshining o‘rnini egalladi.
Fikrlar