"Lokomotiv" Navoiyda nega durang o‘ynadi? Andrey Miklyaev javob berdi
"Qizilqum"ga qarshi o‘yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun g‘alati o‘tgan ikki xil taymning guvohi bo‘ldik. Albatta, bugun biz o‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsata olmadik. Menimcha, futbolchilarga bugun ehtiros etishmadi. O‘tgan o‘yindan farqli ravishda bugun yigitlar biroz pastroq kuch bilan kurashishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda tempni kuchaytira oldik. Qo‘lga kiritilgan bir ochko uchun yigitlarga rahmat aytaman.
G‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Darvozamiz oldida ko‘plab yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Ikkinchi taymda biroz tartibli va faolroq o‘yin ko‘rsatdik. Tan olish kerak, vaziyatlar yaratish borasida raqiblar ko‘proq faol bo‘ldi.
- Nima uchun jamoa birinchi bo‘limda biroz sust o‘ynadi?
- Oldinroq aytganimdek, yigitlarga jangovarlik his-tuyg‘usi etishmadi. Umuman olganda, "Bunyodkor"ga qarshi og‘ir uchrashuvdan keyin tiklanishga ulgurmadik. Tabiiyki, tanaffusda o‘zgarishlar qilishga harakat qildik. Tushunarliki, ikkinchi taymda qo‘sha oldik.
- Marat Bikmaevning holati haqida.
- Marat kichik jarohat olgan. Ertaga tekshirib, o‘zimiz ham javobini bilib olamiz.
Fikrlar