"Lokomotiv" Nurlan Ibraimovni oʻz safiga qoʻshib oldi
"Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachi Nurlan Ibraimovni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi.
"Yangi mavsumga jiddiy hozirlik koʻrayotgan "Lokomotiv" iqtidorli yarim himoyachi Nurlan Ibraimovni oʻz safiga qoʻshib oldi.
"Olimpik Mobiuz" hamda Oʻzbekiston yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasidagi oʻyinlari orqali muxlislar eʼtiborini qozongan 20 yoshli futbolchi bundan buyon klubimiz sharafini himoya qiladi.
Maʼlumot uchun, Nurlan 2005 yil 29 avgust kuni tugʻilgan. Hujumkor yarim himoyachi amplusida toʻp tepadi. Faoliyati davomida Proligada 30ta oʻyin oʻtkazib, 11ta gol urgan. Shuningdek, turli yoshdagi terma jamoalarda ham 30 bor maydonga tushib, 5ta gol muallifi boʻlgan.
Nurlan Ibraimovga "temiryoʻlchilar" safida omad tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar