"Lokomotiv" "Qizilqum" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 17.10.2017 13:54
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

Oliy liga musobaqa jadvali yakka peshqadami "Lokomotiv" navbatdagi uchrashuvini 25-tur doirasida safarda "Qizilqum"ga qarshi o‘tkazadi.

Ayni paytda "temiryo‘lchilar" jamoasi mazkur uchrashuvga jiddiy hozirlik olib borishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarda jamoaning barcha a’zolari ishtirok etishmoqda. Faqat kichik jarohati bor ekani bois Kaxi Maxaradze klub shifokori nazorati ostida yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!