"Lokomotiv" qiziqqan, "Surxon"da bir kun ishlagani aytilgan murabbiy "Buxoro"da

  • 25 iyul, 2020, 17:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev jamoani tark etdi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, xorijlik murabbiy o‘rnini rossiyalik Aleksandr Xomyakov egalladi. Muhammadiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi klubni tark etdi. Xomyakovga “Buxoro”da jamoaning sobiq ustozi Jamshid Saidov yordamlashadi.

photo_2020-05-12_23-56-34

Muddatidan avval shartnoma bekor qilingani uchun “Buxoro” klubi Muhsin Muhammadievga tovon puli to‘lab beradi.

Oldinroq, Aleksandr Xomyakovga "Lokomotiv" qiziqqani borasida xabarlar tarqalgandi. Keyin esa Xomyakov "Surxon" bilan muzokaralar olib borgani va hatto termizliklarni bir kun shug‘ullantirgani aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!