
"Lokomotiv" safarda Avstriya chempionidan ochko tortib oldi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turida “Lokomotiv” Moskva safarda Avstriyaning “Zaltsburg” klubi mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarni Dominik Soboslai (45') va Zlatko Yunuzovich (50'), mehmonlar safida esa Eder (19') hamda Vitaliy Lisakovich (75') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar