“Lokomotiv” Temurxo‘ja Abduxoliqovga omad tilaydi

  • 16 yanvar, 2017, 12:30
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsum to‘purari, «Lokomotiv» klubi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov “temiryo‘lchilar” bilan xayrlashdi. U «temiryo‘lchilar» safini tark etib, Qatarning «Al Sayliya» klubiga yo‘l oldi.

Tecno

Sir emas, «Lokomotiv»ning o‘tgan mavsum O‘zbekiston chempioni bo‘lishida, O‘zbekiston Kubogi qo‘lga kiritilishida, shuningdek Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishida ko‘pchilik qatori Temurxo‘janing ham hissasi katta bo‘ldi.

U o‘tgan yil barcha rasmiy musobaqalarda jami 46 marta maydonga tushib, 31ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan Abduxoliqov oliy ligada 22ta gol urgan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogida 6ta, Osiyo chempionlar ligasi bahslarida esa uch bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Endilikda mohir hujumchi jamoani tark etib, faoliyatini Qatarda davom ettiradigan bo‘ldi. U «Al Sayliya» bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Ma’lumot uchun, ushbu klub Qatar oliy ligasida ishtirok etadi va hozircha turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

«Lokomotiv» PFK Temurxo‘ja Abduxoliqovning jamoa rivoji uchun qo‘shgan hissasini unutmaydi va uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!