"Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

  • 4 mart, 2021, 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Lokomotiv" matbuot anjumanlar zalida 2021 yilgi mavsum arafasida tarkibga kelib qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Tadbirda "Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov bilan jamoamiz bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ham ishtirok etdi.

Bugungi marosimda "temiryo‘lchilar" safiga qo‘shilgan Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Sanjar Qodirqulov, Diego Bardanka, Islom Rashidxonov va Xurshid Muxtorov kabi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi hamda ularga o‘z futbolkalari taqdim etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!