"Lokomotiv"ni Bekobodda qiyin o‘yin kutib turibdi

  • 12 may, 2019, 13:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

7 may kuni OChL 5-tur bahsini Abu Dabida o‘tkazib qaytgan "Lokomotiv" navbatdagi uchrashuvni yana safarda o‘tkazadi. "Temiryo‘lchilar" ertaga, 12 may kuni Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo‘lishadi.

Tecno

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv 19:40da boshlanadi. Afsuski, jamoa Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmadi. Endi bor e’tibor ichki musobaqalarga qaratiladi. Superligada ishtirok etayotgan Andrey Fyodorov shogirdlari oldinda yana bir muhim bahs kutib turibdi.

"Metallurg" o‘z maydonida ancha kuchli futbol namoyish etadigan jamoalar sirasiga kiradi. Shu tomonlama ertangi bellashuv ancha qiziq kechishi kutilyapti.

Superligada qatorasiga beshta o‘yinda g‘alaba qozongan "Lokomotiv" o‘tgan tur kutilmaganda durang qayd etdi. Jamoa o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni enga olmadi. Endi esa safarda "Metallurg"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!