
Lomachenko raqibini bir raundning o‘zida yoq ikki marotaba nokdaunga uchratdi
WBA chempioni Vasiliy Lomachenko Xose Pedrasani mag‘lub etib WBO chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Bellashuv Nyu-Yorkning "Medison-skver-garden" sport markazida bo‘lib o‘tdi.
Bahsning 11-raundida Lomachenko raqibini ikki marta nokdaunga uchratdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, ukrainalik bokschi g‘alabani qo‘lga kiritdi. (119-107, 117-109, 117-109).
Eslatib o‘tamiz, Lomachenko professional faoliyati davomida 12 uchrashuvda g‘alaba qozonib 1 marotaba imkoniyatni boy bergan. Pedrasa esa 27 bahsda ishtirok etib ikkinchi marotaba mag‘lubiyatga uchramoqda.
Fikrlar