"London derbisi"da "Tottenxem" "Vest Xem" ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi

  • 19.02.2023 23:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan "Tottexem" - "Vest Xem" uchrashuvi yakunlandi.

Tecno

Dastlabki taym jamoalarning ehtiyotkorligi bilan kechdi va darvozalarga yo‘l topilmadi. Ikkinchi taymni hujumkor tarzda boshlagan "shporlar"ketma-ket hujumlar uyushtirdi bu harakatlar o‘z samarasini berdi: 56-daqiqada Ben Devisning uzatmasidan so‘ng Emerson aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochdi.

Keyinroq 72-daqiqada Keynning zargarona pasidan Son unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yinda boshqa gol urilmadi va uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa Konte shogirdlari APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!