Lopetegi Ispaniya termasidan haydaldi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi mundial boshlanish arafasida o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

- Biz terma jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan hamkorlikni tugatdik. Terma jamoa erishadigan natijada uning mehnati bo‘ladi, - deydi Rubiales.

Tez orada Lopetegi "Real" bosh murabbiyiga aylanadi. Uning Ispaniya terma jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Ispaniya terma jamoasi JCh-2018 turniri guruh bosqichida Portugaliya, Eron va Marokash termalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!