
Loran Blan La Liga klubida ish boshlashi mumkin
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Loran Blan faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 53 yoshli murabbiyga "Sevilya"dan qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. Biroq, andalusiyaliklar rahbariyati Blanga rasmiy taklif bilan murojaat qilishga shoshilishmayapti. Agar jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, shundan so‘ng ular Blanga taklif yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar