
Loris 2-o‘ringa ko‘tarildi
"Tottenxem" klubi va Frantsiya terma jamoasi Ugo Loris kecha “JCh-2022” Evropa mintaqasi saralashining 3-turidan o‘rin olgan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Bu 34 yoshli posbon uchun terma jamoa safidagi 123-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, Loris Frantsiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingida Terri Anriga etib oldi va 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu borada rekordchi Lilian Tyuram (1994-2008) hisoblanadi. U Frantsiya terma jamoasida naqd 142 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Loris Frantsiya terma jamoasi sharafini 2008 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar