
"Los-Anjeles Gelaksi" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
"Sevilya" klubi forvardi Xaver Ernandes katta ehtimol bilan faoliyatini "Los-Anjeles Gelaksi"da davom ettiradi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli meksikalik futbolchining transferi AQSh klubiga jami 12 mln evroga tushadi. Shundan 3 millioni bonus hisobida to‘lanadi.
E’tiborlisi, Chicharito shu tariqa "Los-Anjeles Gelaksi" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin. Hozircha bu boradagi rekord Karlos Velaga tegishli. Ular Velani 2015 yil 6 mln evroga sotib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Chicharito joriy mavsum “Sevilya”da jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar