Lotar Matteus: Eriksen "Bavariya"ga to‘g‘ri kelmaydi. U juda sekin harakat qiladi

  • 17 oktabr, 2019, 15:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteus "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenni "Bavariya"ga o‘tishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.

Tecno

"Men bu o‘yinchini anchadan beri kuzatib kelaman va bu yil u meni xafa qilmoqda. Uni "Bavariya"ga o‘tishidan men hech qanday ma’no ko‘rmayapman va bu katta ajablanish bo‘ladi. Menimcha, Eriksen "Bavariya"ga to‘g‘ri keladigan futbolchi emas. Agar u "Tottenxem"da kerakli natijani qayd eta olmayotgan bo‘lsa, "Bavariya"ga keragi yo‘q. Shuningdek, Uli Xyoness ham "Bavariya"ga zaxira o‘tirib qoladigan futbolchilar kerak emasligini aytdi.

Eriksen yaxshi texnikaga ega. Ammo u juda sekin, Niko Kovach tezkor futbolchilarni yaxshi ko‘radi.

Kristian Eriksen biz xohlagan futbolchi emas, undan ko‘ra, Kay Xavertsni xarid qilishga e’tibor qaratgan yaxshi. Bundan tashqari, bizda Filippe Koutino ham bor.

Hujumning har qanday pozitsiyasida o‘ynay oladigan Myullerni ham esdan chiqarmaslik kerak, Eriksenni xarid qilish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi," - ded Matteus.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!