
"Ludogorets" - "Roma" uchrashuvida Shomurodov necha balga loyiq ko‘rildi?
Biroz avval Evropa Ligasi 1-turi doirasidagi "Ludogorets" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bolgariya klubining gollariga Kalu va Bonato mualliflik qilgan bo‘lsa, rimliklarning yagona goli legionerimiz Eldor Shomurodov nomiga yozildi.
Uchrashuv yakuniga etgach, "Whoscored" portali futbolchilarga qo‘yilgan ballarni ma’lum qildi. Shomurodov portal tomonida 7 balga loyiq ko‘rilgan bo‘lib, "Roma"ning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Paulo Dibala esa 7.1 ball olgan.
Fikrlar