
Lui van Gal: "Hakam tufayli mag‘lub bo‘lmadik"
Lui van Galning Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan hafsalasi pir bo‘ldi.
JCh-2022 chorak finali doirasida Niderlandiya hamda Argentina yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi va unda Skaloni shogirdlari penaltilar seriyasida (2:2, 4:3) g‘alaba qozondi.
"Yil davomida biz penaltilar bilan shug‘ullandik. Oxir-oqibat, baribir mag‘lubiyatga uchradik. Men o‘z futbolchilarimdan klublarida penalti tepishni so‘ragandim va ular buni amalga oshirdi. Shunday bo‘lsa-da, dastlabki ikki 11 metrlik zarbani golga aylantira olmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz.
Nazarimda, bizning darvozamizga belgilangan penalti shubhali edi. Men buni ko‘rib chiqaman. Biroq hakam tufayli mag‘lub bo‘lmadik", - dedi "uchar gollandlar" bosh murabbiyi.
Fikrlar