Lui van Gal murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

  • 11 mart, 2019, 16:09
  • 0
  • Futbol

Gollandiyalik mashhur mutaxassis Lui van Gal o‘zining murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

“Men tugatyapman. Xotinim 22 yil davomida menga hamrohlik qilib charchadi. Men unga 55 yoshimda faoliyatimni tugataman deb va’da bergan edim. Hozir yoshim 65dan ham o‘tib ketdi. Men bu ishni abadiy davom ettira olmayman. Xuddi futbolchilar singari mening xotinim ham Lui van Gal bilan yashashga haqqi bor”, - deydi 67 yoshli mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Lui van Gal o‘zining murabbiylik faoliyati davomida "Ayaks", "Barselona", AZ, "Bavariya", "Manchester Yunayted" va Gollandiya terma jamoasini boshqargan. U ushbu jamoalar bilan birga jami 20ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!