Luis Enrike mashhur futbolchini jamoadan haydayapti

  • 4 iyul, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike yangi mavsum uchun tarkibni shakllantira boshladi. Ispaniyalik mutaxassis jamoaning tajribali himoyachilaridan biri Milan Shkrinyarga imkoniyat bermaslikka qaror qildi.

Tecno

Buning oqibatida parijliklar 29 yoshli slovakiyalik futbolchidan tezroq qutilish harakatini boshlab yubordi. Chunki Shkrinyar klubda eng katta maosh oladigan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Ayni paytda Shkrinyarga Turkiya superklublaridan taklif borligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “Fenerbahche”, “galatasaroy” va “Beshiktosh” mohir himoyachi bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Transfermarkt ekspertlari Milan Shkrinyarni 30 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!