Luis Enrike Mbappe o‘rniga zo‘r hujumchi topib berdi

  • 23 aprel, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe mavsum yakunlanishi bilan PSJni tark etadi. 25 yoshli forvard “Real”ga o‘tishi kutilmoqda.  

Parijliklar anchadan beri Mbappe o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti. Jamoa bosh murabbiy Luis Enrike aynan o‘zini talabiga mos tushadigan ijrochi tanladi.

Todofichajes nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasida “Atletik” hujumkor futbolchisi Niko Uilyamsni ko‘rmoqchi.

Manbaga ko‘ra, bu transferni 60 million evroga amalga oshirish mumkin. Niko Uilyamsning bilbaoliklar bilan kelishuv 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

21 yoshli futbolchiga “Real” va “Barselona” kabi grand klublar ham og‘iz solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!