Luis Enrike: Messi o‘ynay olmasligi uchun juda ham og‘ir ahvolda bo‘lishi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike bugun bo‘lib o‘tadigan “Seltik”ga qarshi o‘yin oldidan jamoa etakchisi Lionel Messining holati haqida gapirib o‘tdi.

“Messi kecha biz bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashdi. U ajoyib holatda. Leo doimo maydonga tushishni istaydi. U o‘ynay olmasligi uchun juda ham og‘ir ahvolda bo‘lishi kerak.

Sizlar hali ham uning ahvolini huddi shanba kunggidek tasavvur qilyaasizlar chog‘i. To‘g‘ri, ien o‘shanda uni xatto qaydnomaga ham kiritmagan edim. Ammo, u bugun yaxshi holatda va  o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta oladi”, - deydi Enrike Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida “Malaga” jamoasiga qarshi o‘yinda yuqumli virus tufayli ishtirok eta olmagan edi. “Seltik” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!