Luis Enrique o‘zini eng ko‘p hayratga solgan futbolchini aytdi

  • 10.09.2026 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Parijliklar ustozini ayniqsa vingerning to‘p bilan ham, undansiz ham o‘yinda ko‘rsatgan yuqori shiddati hayratga soldi.

- Biz juda yaxshi ishladik, o‘yinni yuqori darajada o‘tkazdik. E’tirof etishim kerak, bugun eng ko‘p meni hayratga solgan futbolchi Usmon Dembele bo‘ldi. 

Qarang, qanday shiddat, qanday temp! Nafaqat to‘p bilan, balki undan tashqarida ham. Bunday Dembeleni tomosha qilishning o‘zi bir zavq, - deya ta’kidladi murabbiy uchrashuvdan so‘ng.

PSJ Slovakiya klubini 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Usman Dembele ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana ikki golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!