
Luis Suares Messi bilan bog‘liq katta sirni oshkor qildi
Urugvaylik afsonaviy hujumchi Luis Suares faoliyatini "Barselona" yakunlashni niyat qilgani haqida gapirdi.
"Messi ikkalamiz butsalarimizni birgalikda 2018 yilda, "Barsa" tarkibida mixga ilishni xohlagandik. Evropadan ketib, yana bir yil MLSda to‘p tepish istagimiz bor edi.
Ammo futbol o‘zgarmoqda, avval men, keyinroq u "ko‘k-anorranglilar" safini tark etdi. Bir jamoada o‘ynashimiz tobora qiyinlashib bormoqda",-dedi 35 yoshli to‘purar.
Ma’lumot uchun, Suares hamda Messi 2014-2020 yillar oralig‘ida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Ayni paytda Luis "Gremio", Leo esa PSJ futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar