Luka Yovich uchun asosiy da’vogar jamoa ma’lum bo‘ldi

  • 15 aprel, 2019, 12:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashri xabar berishicha, Madridning "Real" jamoasi "Ayntraxt" forvardi Luka Yovich uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Tecno

Manbada keltirilishicha, madridliklar yozgi transfer oynasida Yovichni asosiy transfer maqsadiga aylantirgan. Bosh murabbiy Zineddin Zidan ham 21 yoshli serbiyalik hujumchini sotib olishni ma’qullamoqda.

Avvalroq "Barselona" Yovich uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qilgan edi. Kataloniyaliklar futbolchining transfer narxini yuqori deb hisoblagandi.

Madridliklar esa uning transferi uchun 70 million evro sarflashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!