
Lukaku: 9 kundan beri uydaman! Kecha aqldan ozay dedim
"Inter" forvardi Romelu Lukaku koronavirus keng tarqalgani bois uy karantinida o‘tirgani haqida gapirib berdi.
"Kecha aqldan ozishimga sal qoldi. Meh hech qaerga chiqa olmayman, mashg‘ulotlar o‘tkaza olmayman. Men 9 kundan buyon uydaman. Hozirda, barcha futbolchilar shahar markazida joylashgan o‘z uylaridalar. Klub kimga velosiped yoki yugurish yo‘lagi kerakligini so‘radi va tez orada ularni olib kelishdi. Ovqat ham har kuni olib kelinadi.
Men yaxshi hayotni juda sog‘indim. Onam, ukam, o‘g‘lim bilan birga bo‘lish... Men ular haqida doim o‘ylayman. Hech kim bilan aloqa qila olmasligingiz juda yomon. Mashg‘ulotlarni, o‘yinlarni, muxlislarni sog‘indim. Bunday paytda, siz o‘zingizni bor narsangizni qadrlashni o‘rganasiz, bu borada, meni omadim bor," - dedi Lukaku.
Fikrlar