Lukaku barcha aybni jamoadoshiga to‘nkadi

  • 25 fevral, 2022, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”ning eng qimmatbaho o‘yinchisi Romelu Lukaku jamoasiga kutilgan foydani keltira olmayapti. Yozda 97,5 million evroga xarid qilingan hujumchi “aristokratlar” safida to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatayotgani yo‘q.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Romelu bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘llayotgan o‘yin uslubiga tushmayapti. Belgiyaning hujumchining o‘zi jamoadoshlari unga gol urish uchun vaziyat yaratib bermayotganidan norozi. U Hakim Zieshga  jiddiy e’tiroz bildirmoqda.

Romelu marokashlik futbolchi unga golli vaziyat yaratib, qulay to‘p oshirishini kutyapti. Tuxel qo‘llayotgan uslubga asoslanib o‘ynayotgan Hakim bir o‘yinchi uchun emas, balki oldingi chiziqdagi barcha jamoadoshlarini aniq pas bilan ta’minlashga harakat qilyapti.

Lukaku “Chelsi” qo‘llayotgan uslubda chetga chiqib qolyapti va jamoa oldingi chiziqda bir futbolchisidan ayrilgandek ko‘rinmoqda.

Belgiyalik hujumchi “aristokratlar” safida joyini topa olmaganini o‘zi ham his qilyapti va “Inter”ga qaytish yo‘llarini qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!