
Lukaku "Chelsi" rahbariyati bilan kelishib oldi
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku "Chelsi"da o‘ynamoqchi emas. Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, futbolchi "aristokratlar" rahbariyati bilan mavsumni u erda boshlamasligi haqida kelishib olgan. Shu tariqa u bugun boshlanadigan dastlabki yig‘inni o‘tkazib yuboradi.
Har ikki tomon, ayniqsa Lukakuning o‘zi “Inter” bilan kelishuvga erishishga va imkon qadar tezroq “Chelsi”ning AQSh bo‘yicha mavsumoldi turnesi boshlanadigan 17 iyulgacha o‘z masalasini uzil-kesil hal qilishga bel bog‘lagan.
Milan klubi Lukaku uchun 30-35 million evro taklif qilishga hozirlik ko‘rmoqda va futbolchining agenti bilan qachon bu taklifni yuborish yaxshiroq ekanini muhokama qilmoqda. “Inter”ning birinchi taklifini (25 million evro) “Chelsi” rahbariyati rad etgan edi.
Fikrlar