Lukaku “Chelsi”dan ketganining asl sababi fosh bo‘ldi

  • 30 iyun, 2022, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” tarixidagi rekord transfer sohibi Romelu Lukaku bir mavsumdan so‘ng “Inter”ga qaytib ketdi.

Tecno

“Aristokratlar” bir yil muqaddam 97,5 million evro sarflagan o‘yinchining bu tarzda klubni tark etishi kutilmagan holat bo‘ldi. Ko‘pchilikni buning asl sababi qiziqtirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, hammasiga Tomas Tuxelning bir og‘iz gapi sabab bo‘lgan.

Unga ko‘ra, Tomas Tuxel va Romelu Lukaku “Tottenxem”ning APL doirasidagi uchrashuvini televizor orqali birga tomosha qiladi. Ekranda “Tottenxem” ustozi Antonio Konte paydo bo‘lganda Tomas Tuxel Lukakuga “Ana dadajoningni ko‘rsatyapti”, deydi.

Germaniyalik murabbiyning bu hazilini Lukaku ko‘ngliga juda yaqin oladi va ketish payiga tushib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!