Lukaku “Chelsi”ga qaytish shartini aytdi

  • 10 aprel, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter”da ijarada o‘ynayotgan Romelu Lukakuning keyingi mavsumni qaerda boshlashi noaniq bo‘lib turibdi. Aslida bu futbolchi “Chelsi”ga tegishli. Biroq, Tomas Tuxel ham, Grem Potter ham undan foydalanmadi.

Ayni paytda “Chelsi” jamoani doimiy boshqaradigan kuchli mutaxassis qidirmoqda. Nomzodlar orasida “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilgan Antonio Konte ham bor.

Italiyalik mutaxassis 2016-2018 yillar davomida “aristokratlar”ga ustozlik qilgan va yana Londonga qaytishi mumkin.

Romelu Lukaku agar “Chelsi” yozda Antonio Konte bilan shartnoma tuzsa, ortga qaytib “aristokratlar” sharafini himoya qilishga tayr ekanini aytdi.

Belgiyalik futbolchi o‘z davrida Antonio Konte qo‘l ostida o‘ynagan va o‘shanda Italiyaning eng zo‘r hujumchilaridan biri darajasiga ko‘tarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!