Lukaku faoliyatini yakunlagach murabbiy bo‘lmoqchi

  • 29 mart, 16:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" va Belgiya milliy terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng nima bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgani haqida so‘zladi.

- Murabbiy bo‘lish haqida o‘ylayapman. Ushbu mavsumni yakunlagach, maxsus o‘qishni boshlayman. Shundan so‘ng nima xohlayotganimni aniq belgilab olaman, - deya hujumchining so‘zlarini keltirdi "Tribal Football" nashri.

31 yoshli hujumchining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Lukaku joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 27 ta o‘yinda ishtirok etdi. Hujumchi o‘z hisobiga o‘nta gol va sakkizta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!