Lukaku: Men MYuga gollar urish uchun keldim

“Manchester Yunayted” klubining yangi a’zosi Romelu Lukaku yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan "Real Solt-Leyk" (2:1) jamoasiga qargi nazorat bahsida o‘zining “qizil iblislar” safidagi dastlabki golini kiritishga muvoffaq bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng belgiyalik futbolchi klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi:

- Men bu erga gollar urish uchun kelganman. “Manchester Yunayted” doim faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi. Bu men maydonga chiqishdan oldin hayolimga keltiradigan birinchi narsa. Ayni damda o‘zimni juda ham ajoyib his qilyapman. Mavsumoldi tayyorgarliklari omadli o‘tmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!