Lukaku mutlaq rekord sohibi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" tarkibidagi debyut mavsumi belgiyalik hujumchi uchun ancha sermahsul keldi. Evropa Ligasi chorak finalida "Bayer" darvozasiga gol urish orqali 27 yoshli forvard Evropa Ligasi tarixidagi 9 ta ketma-ket uchrashuvda raqiblari darvozasiga yo‘l topgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bundan oldingi rekord Alan Shirerga tegishli edi. "Nyukasl" sobiq hujumchisida 8 ta samarali uchrashuvlar seriyasi bor edi. 

Shuningdek, Lukaku "Inter" safida evrokuboklarda ketma-ket 6 uchrashuvda gol urgan dastlabki futbolchiga ham aylanib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!