Lukaku o‘yin vaqtida Barella bilan tortishib qoldi

  • 14 fevral, 2023, 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyaning 22-turida chempionat peshqadami “Napoli”ni ta’qid qilayotgan “Inter” futbolchilari kutilmaganda ochko yo‘qotdi.

Milanliklar Genuyada “Sampdoriya” mehmoni bo‘lib, golsiz durang qayd etdi.

Ushbu bahsning 40-daqiqasida yuz bergan holat ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. “Inter” to‘pni yo‘qotgan pallada Nikolo Barella noroziligi bildirish uchun qo‘llarini siltadi. Uning bu harakati hujumchi Romelu Lukakuga yoqmadi.

- Qo‘lingni yig‘ishtirib ol! Bunaqa qilma, yaxshi emas. Bu qilig‘ing haqorat, o‘zingni bos!, - dedi Romelu Lukaku.

- Italiyalik futbolchiga belgiyalik jamoadoshining tanbehi yoqmadi. Futbolchilar bir-biri bilan keskin gaplashdi, - deb xabar bermoqda Football Italia nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!