Lukaku Turkiya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi
«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transferlar oynasida Turkiyaning yetakchi jamoalaridan biriga o‘tishga rozilik berdi.
Insayder Matteo Moretto tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 33 yoshli forvard yaqin kunlar ichida jamoasini almashtirib, «Fenerbahçe» safini to‘ldirishi kutilmoqda. Tomonlar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Xabarlarga ko‘ra, turk klubi Lukaku uchun taxminan 6 million yevro to‘lashga tayyor. Avvalroq matbuotda belgilaylik futbolchiga «Beşiktaş» va «Atlanta Yunayted» tomonidan ham qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Romelu Lukaku Italiya chempionatida «Napoli» safida bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar