Lukaku uchun kurash avjida

  • 11.07.2023 18:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" Romelu Lukakuga yangi taklif bilan chiqdi. 

Avvalroq, "Chelsi" Italiya klubining 25 million evrolik taklifini rad etgandi. 

Endilikda "neradzurrilar" belgiyalik hujumchi uchun 30-35 million evro atrofidagi taklif bilan chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, milanliklar futbolchining agenti bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. 

Lukakuga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Turinliklar o‘z hujumchisi Dushan Vlaxovich hamda Romeluni almashtirishni "Chelsi"ga taklif qildi. Shuningdek, "keksa sinora" 25 million evro qo‘shimcha pul ham olishni xohlaydi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!