Lukaku yaqin vaqtlar ichida «Fenerbahçe» futbolchisiga aylanadi
Romelu Lukakuning keyingi mavsumda qaerda o‘ynashiga oid savolga deyarli aniqlik kiritildi. 33 yoshli belgilaylik hujumchi «Fenerbahçe» bilan kelishuvga yaqin, deya xabar bermoqda insayder Matteo Moretto.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Napoli» hujumchisi Turkiya chempionatida faoliyatini davom ettirishga rozilik bergan. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning asosiy shartlarini kelishib olgan, «Fenerbahçe» esa futbolchining transferi uchun italyalik klubga taxminan 6 million yevro to‘lashga tayyor.
Lukakuga qiziqish bildirgan klublar orasida avvalroq yana bir turk grandi — «Beşiktaş» nomi ham tilga olingan edi. Shuningdek, belgilaylik forvardga da’vogarlik sifatida AQShdan «Atlanta Yunayted» klubi ham qayd etilgan.

Fikrlar