Lukaku "Yuventus"ga o‘tishi PSJga bog‘liq!

  • 29 iyul, 2023, 08:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Lukaku "Yuventus" safiga ko‘chib o‘tishi uchun turinliklar o‘z hujumchisini sotishi lozim.

"Tuttosport" xabariga ko‘ra, "Yuventus" hujumchi Dushan Vlaxovichni PSJga sotishda muammoga duch kelgan. Shu sababli, klubda "aristokratlar"ning belgiyalik futbolchisini sotib olish uchun hali pul yo‘q. Shu munosabat bilan turinliklar uni majburiy sotib olish bilan bir necha million evroga ijaraga olishga harakat qilib ko‘rmoqchi.

Biroq “Chelsi” bunday imkoniyatdan manfaatdor emas va londonliklar ushbu taklifga rad javobini bergan. 

Vlaxovich sotilgan taqdirda "Yuventus" Lukakuni bonuslar bilan birga 40 million evroga sotib olishga tayyor edi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!