
Lukakuga A Seriyaning 2 grandi xaridor bo‘lmoqda, ammo "Inter" emas!
"Milan" va "Yuventus" klublari "Chelsi"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Il Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Italiya grandlari 29 yoshli futbolchini yozgi transferlar davrida ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Lukakuning o‘zi ham A Seriyaga qaytishga tayyor. Aytish kerakki, Romelu bundan avval "Inter"da ajoyib mavsumni o‘tkazgan edi.
Lukaku joriy mavsum "Chelsi" safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar