
Lukas Moura EChL pley-off bosqichlarida birinchi marta gol urdi
Xabaringiz bor kecha "Tottenxem" EChL yarim finalida "Ayaks"ga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Shu kuni “shporlar”ning barcha uchchala goliga ham Lukas Moura mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu gol braziliyalik futbolchi uchun Chempionlar ligasi pley-off bosqichida kiritgan ilk gollar bo‘ldi. U bungacha EChL pley-offlarida jami 19ta o‘yinda maydonga tushgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Moura “Tottenxem”ga o‘tishidan avval PSJda bir necha mavsum to‘p surgan.
Fikrlar