Lukas Moura faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

  • 6 iyun, 2021, 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi hujumkor yarim himoyachisi Lukas Moura faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchiga “Al-Xilol” jiddiy qiziqib qolgan. Aniqrog‘i, jamoa bosh murabbiyi Leonardu Jardim shu yoz jamoadan ketishi kutilayotgan Sebastyan Jovinko o‘rniga aynan Mourani munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Mouraning o‘zi hali kelajak faoliyati haqida qaror qilgani yo‘q, chunki "Tottenxem" hali ham yangi bosh murabbiy izlamoqda. Lukasning agenti yaqin vaqt ichida londonliklarning bo‘lajak sport direktori Fabio Paratichi bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Lukas Moura o‘tgan mavsum APLda jami 30 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!