Lukas Moura yana qadrdon klubiga qaytdi!

  • 2 avgust, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik vinger Lukas Moura o‘zi tarbiya topgan "San-Paulu" klubi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi va klub kelishuvi 2023 yil oxirigacha tuziladi. Bu bo‘yicha barcha hujjatlar imzolangan va tez orada rasman e’lon qilinadi.

Shuningdek, ushbu transfer oynasida "San-Paulu"ga kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges qo‘shildi.

Lukas Moura “Tottenxem” safiga 2018 yilning yanvarida PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. U "shporlar" safidagi debyut golini Angliya kubogi doirasida "Rochdeyl"ga qarshi o‘yinda kiritdi. Umuman olganda, “Tottenxem” safida braziliyalik hujumchi 221 uchrashuvda 39 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

30 yoshli Lukas Premer-liganing o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumida bor-yo‘g‘i 15 ta o‘yinda maydonga tushib, maydonda jami 140 daqiqa o‘ynadi va bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!